Sun'iy Idrok (AI) shunchaki savollarga javob beradigan suhbatdosh rolidan chiqib, allaqachon real vazifalarni bajara oladigan yordamchiga aylanib bo'ldi. Hozirgi kundagi AI yordamchilar evolyutsiyasi deganda, eng ko'p ikki xil turdagi muhim tushunchalar tarqalgan - AI Agent va MCP (Model Context Protocol). Xo'sh, MCP va AI Agentlar nima, ularning farqi nimada?
1. AI Agent: Sizning Shaxsiy Yordamchingiz.
Tasavvur qiling, sizda bir yordamchi bor. Siz unga "Brat, ertaga bir do'stim bilan uchrashuvim borda, nima qilsam bo'ladi?" deysiz. U esa o'zi internetga kiradi, kerakli saytlarni qidiradi, sizning qiziqishlaringizni, uning qiziqishlarini tekshiradi va sizga borish mumkin bo'lgan kinolar, parklar va boshqa narsalarni tayyor reja qilib beradi. AI Agent - huddi shunday yordamchi.
Rasmda ko'rsatilganidek, AI Agentning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
- Avtonomlik: Agentga vazifa berganingizdan so'ng, u doimiy inson nazoratisiz mustaqil harakat qila oladi. U o'z rejasini tuzadi va uni amalga oshiradi. Shu bilan birga, "Human Control" (inson nazorati) ham aralashib turishi mumkin, ya'ni siz istagan paytda jarayonga aralashib, yo'nalish bera olasiz.
- Xotira (Memory): Agent shunchaki bir martalik buyruqni bajarmaydi. U oldingi suhbatlarni sizning xohishlaringizni va to'plagan bilimlarini xotirasida saqlaydi. Bu unga sizni yaxshi tushunishga va kelajakdagi vazifalarni yanada yaxshiroq bajarishga yordam bera oladi.
- Tools: Bu uning super kuchi desak bo'ladi. Agent shunchaki rejalashtirish bilan cheklanmaydi. U real dunyo bilan ishlash uchun turli toolardan foydalanadi:
APIga Callar: Boshqa dasturlar va servislar bilan gaplasha oladi.
Internetga kirish: Ma'lumot qidiradi, yangiliklarni o'qiydi.
Kod bilan ishlash: Kod yozishi, tahlil qilish va ishga tushirishi mumkin.
- Reactivity: Agent o'zining "atrof-muhiti" (masalan, yangi kelgan email, tizimdagi o'zgarishlarni) kuzatib boradi va shunga yarasha o'z harakatlarini o'zgartirishi mumkin.
Xulosa: AI Agent - bu shunchaki suhbatlashadigan model emas, bu aniq maqsadlar qo'ya oladigan, reja tuzadaigan, xotiraga ega va o'z toolaridan foydalanib mustaqil ishlaydigan bir tizim.
2. MCP: Tizimlar uchun "Universal Adapter"
Endi tasavvur qiling, siz Xitoyga sayohatga bordingiz. Telefoningiz zaryadkasi O'zbekistondagi rozetkalarga tushadi, ammo Xitoynikiga to'g'ri kelmaydi. Sizga nima kerak? "Universal adapter"
MCP (Model Context Protocol) - Sun'iy Idrok uchun huddi shunday universal adapter.
Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bu tizim - AI modellar (masalan Claude bilan) tashqi dunyodagi turli tizimlar (database, fayl storagelar, APIlar) bilan oson til topishish uchun chiqarilgan standart (protokol).
Rasmning pastki qismida uning ishlash prinsipi ko'rsatilgan:
- Host: Bu siz foydalanyotgan dastur - masalan, Claudening desktop ilovasi, kod muharriri (IDE) yoki boshqa bir AI vositasi.
- MCP Client (Mijoz): Bu AI modelining ichiga o'rnatilgan komponent. U modelning "istaklarini" MCP tiliga o'girib beradi.
- MCP Server: Bu eng asosiy qismi. U modeldan kelgan so'rovni qabul qiladi va uni kerakli tashqi tizimga (masalan Google Drive, PostgreSQL, Githubga) yo'naltiradi. Natijani esa yana modelga tushunarli tilda qaytarib beradi.
MCP bo'lmasa dasturchilar har bir yangi tizim (masalan Slackga integratsiya uchun) alohida maxsus kod yozishlari kerak bo'lardi. MCP esa yagona stadartlarni yaratib, bu jarayonni osonlashtirib berdi. Bitta "adapter" bilan xar-hil rozetkalarga ulanish imkoniyatini berdi.
Oddiyroq aytganda, AI Agent – bu usta oshpaz. MCP esa – barcha oshxona anjomlarini (plita, muzlatgich, mikserlarni) yagona standartdagi elektr tarmog'iga ulanishini ta'minlaydigan tizim. Oshpaz (Agent) har bir anjom uchun alohida "tok manbai" qidirib yurmaydi, shunchaki rozetkaga ulaydi va ular ishini qiladi. Demak, AI Agent o'z vazifalarini bajarish uchun MCP protokollardan foydalanishi mumkin.
@mabrur_dev
