TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1499 2.67K
Mabrur | Dasturlash va AI Mikroservislardan monolitlarga qaytish tendensiyasi haqida ko'p o'qib qolayabman. Men ham tajribamdan kelib chiqib, shu mavzu bo'yicha ikki og'iz gaplarimni aytmoqchiman. Nega ko'pchilik mikroservislardan voz kechib, monolitlarga qaytishni boshladi, nega…
3. Tushunarsiz Bounded Contexts
Mikroservislar qurishdagi eng og'riqli nuqtalardan biri - bu biznes domenini noto'g'ri boundariesga ajratish. O'zim ham bu yo'lda ko'p qoqilganman.

Domain-Driven Design (DDD) konsepsiyasi servislarni biznes qobiliyatlariga qarab ajratish kerakligini aytadi. Bu chegaralar "Bounded Contexts" (Chegaralangan Kontekstlar) deb ataladi. To'g'risini aytganda, bu tushunchani to'liq anglash va amalda to'g'ri qo'llash - arxitekturaning eng qiyin vazifalaridan biri. Agar kontekstlarni noto'g'ri aniqlasangiz, servislar o'rtasida tinimsiz "suhbat" (chatty communication) va o'ta kuchli bog'liqlik paydo bo'ladi.

Amazon Prime Video'ning monolitga qaytishining asosiy sabablaridan biri ham aynan shu: ular video monitoring servisining chegaralarini noto'g'ri aniqlagani sababli tarmoq xarajatlari osmonga chiqib ketgan.


4. Jamoa Tuzilmasi Arxitekturani Belgilaydi
Mikroservislar mustaqil, avtonom jamoalar uchun mo'ljallangan. Agar sizda 50 kishilik bitta katta jamoa bo'lsa-yu, siz ularni 15 ta mikroservis ustida ishlashga majburlasangiz, shaxsiy fikrimcha, kompaniya noto'g'ri yo'lda bo'ladi. Natijada doimiy sinxronizatsiya, cheksiz "call"lar, boshqa jamoa ruxsatini kutib bloklanib qolishlar kuzatiladi. Arxitekturani tanlashdan oldin berilishi kerak bo'lgan savol shu:
"Jamoalarimiz ham shunday "mikro" va mustaqil ishlay oladimi?"


5. Miya uchun Haddan Tashqari Yuklama (Cognitive Load)
Bitta monolitda dasturchi butun dastur mantig'ini bitta IDE ichida kuzatishi va debug qilishi mumkin. 15 ta mikroservisli tizimda esa bitta so'rov (request) qaysi servislardan o'tib, xatolik aynan qayerda yuz berganini tushunish uchun butun tizimning mental modelini miyada ushlab turish kerak. Bu kognitiv yuklamani keskin oshiradi va samaradorlikni tushiradi. Fokusni yo'qotdingizmi, demak, hammasini boshidan boshlashingiz kerak.


Mikroservislar Google yoki Netflix kabi gigantlarning muammolarini hal qilish uchun paydo bo'ldi. Ammo ko'pchilik hype'ga ergashib, bu yechimni o'zining mutlaqo boshqa muammolariga qo'llay boshladi. Natijada ular "mikroservis muammosi" deb ataladigan yangi va ancha qimmat muammoga duch kelishdi.

Hozirgi sog'lom trend - bu "Monolith First" tamoyiliga amal qilish. Ya'ni, dasturni yaxshi strukturalangan modular monolit bilan boshlab, faqat biznes va texnik zarurat tug'ilganda eng ko'p og'riq keltirayotgan modulni alohida servis sifatida ajratib olish

@mabrur_dev
  • 👍 22
  • 🔥 2
  • 👨‍💻 2
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →