TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1494 2.25K
Telegram: Haqiqatan Ham Eng Xavfsiz Messengermi?

Ko‘pchiligimiz Telegramni dunyodagi eng xavfsiz messenjerlardan biri deb bilamiz. Lekin uning xavfsizlik mexanizmlariga biroz chuqurroq nazar tashlasak, bu savolning javobi unchalik ham oddiy emasligini ko‘ramiz.

Keling, avval “xavfsiz suhbat” deganda nima nazarda tutilishini aniqlashtirib olaylik. Dasturlash nuqtai nazaridan, bu "E2EE" (end-to-end encryption) tushunchasini anglatadi.

Bu jarayon qanday ishlaydi?

1. Siz xabarni yozasiz.
2. Xabar sizning telefoningizda shifrlanadi.
3. Bu shifrlangan xabar server orqali yuboriladi.
4. Faqatgina qabul qiluvchining telefoni uni shifrdan chiqarib, o‘qiy oladi.

E2EE usuldagi shaxsiy chatlarda gaplashsangiz, hech kim, hatto Durovni akasiyam serverlariga kirib xabarlaringizni o‘qiy olmaydi.

Lekin oddiy Telegram chatlari bunday ishlamaydi. Siz jo‘natgan xabar avvalo Telegram serverlariga boradi. U yerda xabar shifrlangan bo‘lsa-da, bu shifrlash (Client-Server Encryption) faqat sizning telefoningizdan servergacha amal qiladi. Serverda esa xabar qayta ishlanadi:

- Xabar bir necha qismga bo‘linadi (chunking).
- Bu qismlar va ularni ochish uchun kalitlar (decryption keys) turli davlatlardagi serverlarda saqlanadi.
- Qabul qiluvchiga yetib borgunicha, bu qismlar serverda qayta birlashtiriladi va keyingi telefonga jo‘natiladi (Server-Client Encryption).

Telegram bu usulni juda xavfsiz deb hisoblaydi, chunki xakker sizning xabaringizni o‘qish uchun turli mamlakatlardagi serverlardan ham xabar qismlarini, ham kalitlarni topib olishi kerak. Bu deyarli imkonsiz, ammo nazariy jihatdan imkoniyat mavjud. Bu sizning xabarlaringizni serverlarda o‘qib bo‘lmaydi degani emas - Telegramning o‘zida bu ma’lumotlarga kirish imkoniyati bor.

Haqiqiy Xavfsizlik - Mahfiy Chatlarda

Agar siz hech kim xabarlarimni o'qiy olmasin desangiz, Telegramning "maxfiy chat" funksiyasidan foydalanishingiz kerak.

Maxfiy chat nima qiladi?

Bu chatdagi barcha xabarlar sizning telefoningizda shifrlanadi (E2EE) va faqat qabul qiluvchi telefonida shifrdan chiqariladi. Shifrlash kalitlari serverda saqlanmaydi.

Bu funksiya faqat mobil ilovalar uchun mavjud, kompyuter (desktop) ilovalarida ishlamaydi. Shuningdek, maxfiy chatlarni guruhlar yoki kanallar uchun ishlatib bo‘lmaydi, shu sababdan guruhni nazorat qiladigan bot yasab qo'yib, oxirgi eventlarini olib ko'rsangiz "Rodnoylar AUEEEE" degan gruppadagi xabarlarni bemalol o'qib o'tirsangiz bo'ladi.

Oddiy kundalik muloqot uchun Telegramning odatiy chatlari yetarlicha xavfsiz. Juda maxfiy, shaxsiy yoki muhim ma’lumotlar almashmoqchi bo‘lsangiz, albatta "Maxfiy chat"dan foydalanganingiz ma’qul.

@mabrur_dev
  • 🔥 16
  • ❤ 6
  • 👍 3
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →