TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1482 2.61K
Backend dasturchi sifatida resurslarni boshqarish va CPU yuklanishini kuzatib borish muhim hisoblanadi. Menimcha, ko‘pchilik o‘z dasturida CPU 100% ga chiqib ketish holatini kuzatgan.

Quyida dasturchilar orasida CPU yuklamasini oshirib yuborishda eng keng tarqalgan xatoliklarni yozib chiqdim:

- Infinite Loops
Ko'pchilik qilib ko'rgan xato bo'lsa kerak. while(true) yoki for loopni ichida qandaydir mantiqiy xato bo'lsa (faulty loop condition deyiladi) kod bloki hech qachon to'xtamaydi. Natijada bitta thread protsessorni to'liq egallab oladi.

- Background Processes yoki Daemons
Siz yozgan kod ichidagi cron job lar yoki message queue worker lar va shunga o'xshash fonda ishlaydigan servislar notog'ri implementatsiya qilingan bo'lsa ko'p hollarda resurslarni ko'p istem qilib yuboradi.

- High Traffic Volume yoki Load Spikes
Bu ham backendchilarni og'riqli nuqtalaridan biri. Kutilmagan trafik oqimi, requestlar sonini keskin ko'payib ketishiga olib keladi. Agar load balancer yoki auto-scaling tog'ri sozlanmagan bo'lsa, serverlarni qulatib qo'yishi mumkin

- Resource-Intensive Applications
Data Science (katta dataset lar tahlil), ML (model training), video encoding/decoding yoki qanaqadir murakkab simulations lar ishlashiyam yaxshigina CPU resurslarini talab qiladi. Bu yerda ko'pincha algoritmik optimizatsiya ham muhim rol o'ynaydi.

- Insufficient Memory (RAM) yoki Thrashing

RAM yetishmaganda OS swapping yoki paging ga o'tadi - ya'ni, ma'lumotlarni RAM va disk o'rtasida almashtirishni boshladi. Bu tufayli I/O operatsiyalari protsessorga haddan tashqari ko'p yuklama beradi va tizim thrashing holatiga tushib qoladi.

- Concurrent Processes yoki Thread Contention
Ko'p threadli (multithreaded) ilovalarda thread'lar bir xil resurs (shared resource) uchun kurashganda race condition yoki deadlock'lar yuzaga kelishi mumkin. Resursni kutish yoki doimiy context switching CPU yuklamasini oshiradi.

- Busy Waiting / Spinlock
Bu codingdagi anti-patternlardan biri. Thread biror resurs bo'shashini sleep() yoki wait() qilish o'rniga, loop ichida doimiy tekshirib turadi (while (!resource_is_ready) {}). Bu protsessor vaqtini behuda sarflaydi. Yaxshi alternativa: semaphores, mutexes, event listeners.

- RegEx Matching & Catastrophic Backtracking
Yomon yozilgan RegEx pattern'lari (inefficient regex patterns) va greedy quantifiers (*, +) tufayli engine juda ko'p backtracking operatsiyalarini bajarishi mumkin. Bu eksponensial vaqt talab qiladi, shu sababdan CPU ishlashi ortib ketishi mumkin.

- Viruses & Malware (Cryptojacking)
Eng xavflisi. Sizning serveringiz yoki kompyuteringiz resurslaridan ruxsatsiz foydalanib, orqa fonda cryptojacking (mayning) skriptlarini ishga tushirishi mumkin. Bunaqa viruslar ko'p holatlarda npm/pip packagelarini ichida bo'ladi.

Ko'p terminlarni ataylab o'z tilida yozib kettim, mustaqil search qilib o'rganishga oson bo'ladi.

@mabrur_dev
  • 👍 14
  • 🔥 4
  • ❤ 1
More from @mabrur_dev
  1. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  2. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  3. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  4. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  5. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
  6. Oct 1, 2026Men anchadan beri birga ishlaydigan kompaniyam founderi YouTube’da juda yaxshi podcastlar…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →