TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1432 6.8K
Bugungi kunda dasturlashda, ayniqsa, web dasturchi sifatida ishga kirish qiyinlashib ketgan. Raqobat keskin, va ko‘pchilik dasturchilar qattiq harakat qilayotgan bo‘lsa ham, ishga kirishda yo‘l qo‘yayotgan ba'zi xatolari tufayli muvaffaqiyatga erisha olmayapti.

Shu postda junior dasturchilar yo'l qo'yayotgan eng keng tarqalgan xatolarni qisqacha ko'rib chiqamiz.

Rejasiz Ishga Topshirish

Ko'pchilik yuzlab kompaniyalarga bir-xil rezyumesini yuborib, javob kutishadi. Bu ish qidirishda unchalik samarali strategiya hisoblanmaydi. Xo'sh, nega bu ishlamaydi?

- Ish beruvchilar bir-xil shablonlarni bir qarashda sezadi va e'tiborsiz qoldiradi.
- Boshlanishida doimiy rad javoblarini olish ishonchingizni pasaytiradi va umidsizlikka tushurib qo'yishi mumkin.
- Sizning vaqtingiz behuda ketmoqda — bu vaqtni siz bilimlaringizni kuchaytirish yoki intervyuga tayyorlanishga sarflashingiz mumkin edi.

Buning o‘rniga nima qilish kerak:

- Ma'lum kompaniyalarga e'tibor qarating. O‘zingizni qiziqtirgan va maqsadlaringizga mos tushadigan kompaniyalarni tanlang.
- Tadqiqot o‘tkazing. LinkedIn’da kompaniya xodimlarining profilini ko‘rib chiqing va ular qaysi ko'nikmalarda kuchli, nima texnologiyalar ishlatishlarini bilib chiqing.
- Rezyume va cover-letterlarni moslang. Har bir ariza uchun o‘zingizning tajribangizni ish tavsifi bilan mos keladigan tarzda tuzib chiqing.
- Ko'proq networking quring. LinkedIn orqali kompaniya xodimlari bilan bog‘laning. Yordam yoki maslahat so‘rang — chiroyli berilgan savol yoki murojaatlar ko‘pincha ijobiy javobsiz qolib ketmaydi.
  • 👍 23
  • 🔥 5
  • 😁 2
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →