TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1418 4.18K
Node.js asoschisi Oracle’ni firibgarlikda ayblab, JavaScript’ni “ozod qilishga” chaqirganini eshitganmidingiz?

Node.js otasi Ryan Dahl bir necha oydan beri Oracle kompaniyasiga qarshi petitsiya yozib, ularni JavaScript savdo belgisi huquqidan mahrum qilishni talab qilmoqda. Dasturchilar fikricha, bu tilning nomi umumiy mulkka aylangan va Oracle kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Petitsiyani allaqachon 14 000 dan ortiq dasturchilar imzolashdi.

Asosiy ayblovlar:
— Oracle 2019-yilda savdo belgisi muddatini uzaytirishda yolg‘on ma’lumot taqdim qilgan.
— Kompaniya bu belgini tijorat faoliyatida uzoq vaqtdan beri ishlatmayapti. Qonunga ko‘ra, uch yil davomida foydalanilmagan belgilar “tashlab qo‘yilgan” deb hisoblanadi.

Oracle 2025-yil 4-yanvarga qadar javob berishi kerak. Dasturchilar JavaScript’ni yana erkin qilish uchun oxirigacha kurashmoqchi.
  • 🔥 24
  • 👍 5
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →