TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.97K subscribers
Post #1407 2.11K
Anthropic AI o'zining yangi MCP protokolini ommaga e'lon qildi. Bu orqali endi biz AI bilan dasturlar yasashni yanayam osonroq holatga keltirishimiz mumkin.

Tasavvur qiling, siz AI yordamchingiz (masalan Claude)ni turli xil dasturlar va ma'lumotlar bilan ishlashini xohlaysiz - masalan fayllar, kodlar yoki ma'lumotlar bazasi bilan. MCP paydo bo'lguncha bu ancha murakkab edi, chunki har bir dastur uchun alohida integratsiya qilib chiqish kerak edi.

Anthropic esa bu muammoni hal qilish uchun MCP ni yaratdi. Buni huddi universal tarjimonga o'xshatsak bo'ladi. U AI tizimlarining turli xil ma'lumotlar manbaiga bitta standart usul orqali ulanishiga imkon beradi. Buni huddi universal USB-c adapteriga o'xshatsak bo'ladi - uni birdaniga har qanday portga ulab chiqsa bo'ladi.

Qisqaroq qilib aytganda, MCP bilan biz quyidagi dasturlarni avtomatlashtirishimiz yoki integratsiya qilishimiz mumkin:
- Google Drive
- Slack xabarlari
- GitHub repozitoriyalari
- Ma'lumotlar bazalari
- Telegram API
- va boshqalar...

Hozircha yagona cheklovi shundaki, barchasi sizning shaxsiy kompyuteringizda (local) ishlashi kerak. Lekin Anthropic kelajakda masofaviy ma'lumotlar manbaiga xavfsiz ulanish imkoniyatini yaratish ustida ishlayabti.

Yana bir yaxshi tomonlaridan biri, bu dastur bepul va open-source, uni har kim o'ziga o'rnatib olib ishlatishi mumkin.

https://x.com/alexalbert__/status/1861079762506252723
X (formerly Twitter) Alex Albert (@alexalbert__) on X Introducing the Model Context Protocol (MCP) An open standard we've been working on at Anthropic that solves a core challenge with LLM apps - connecting them to your data. No more building custo…
  • 👍 10
  • ❤ 2
  • 🔥 1
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →