🌐 Web dasturlashda Accessibility: Nima uchun u muhim va nimalar qilish kerak?
Ishlab chiqarayotgan dasturlaringiz uchun Web accessibility qo'shib ketish - shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu barcha foydalanuvchilar uchun birdek imkoniyat yaratib berishda muhim hisoblanadi. Keling, nima uchun bu muhimligini va uni qanday amalga oshirish mumkinligini qisqacha ko'rib chiqamiz.
Nima uchun Accessibility zarur:
1. Inklyuzivlik: Dunyo aholisining 15% qismi qandaydir nogironlik bilan yashaydi. Siz o'zingiz qilayotgan produktni accessible qilib, nafaqat auditoriyangizni kengaytira olasiz, balki jamiyatning katta qismiga teng imkoniyat bera olasiz.
2. Qonuniy muvofiqlik: Ko'p mamlakatlarda raqamli accessibility talab qilinadigan qonunlar mavjud. Masalan, AQShda Americans with Disabilities Act (ADA) ga ko'ra ko'p web-saytlar shunday imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.
3. Foydalanuvchilar uchun yaxshiroq UX: Aniq navigatsiya va o'qilishi oson bo'lgan matn nafaqat nogironligi bor shaxslarga, balki boshqa shaxslarga ham birdek qulay va muhim hisoblanadi.
4. SEO ustuvorligi: To'g'ri sarlavha qo'yish, semantik kod yozish va tasvirlar uchun alt matni kabi ko'plab accessibility amaliyotlari SEOni yaxshilashda foyda berishi mumkin.
Accessibility-ni amalga oshirishning asosiy bosqichlari:
1. Semantic HTML-dan foydalaning.
2. Klaviatura bilan navigatsiyalarni ishlashini tekshiring.
3. Tasvirlar uchun turli alt matnlarini qo'shing.
4. Rang berayotganda yetarli kontrastlardan foydalaning.
5. Multimedia uchun turli subtitrlar va transkriptlardan foydalaning.
Accessibility testlari uchun bepul vositalar:
- 🔍 WAVE (Web Accessibility Evaluation Tool): Veb-kontentingiz accessibility haqida vizual analitika beradigan extension.
- 🎨 Contrast Checker: Rang tanlovlaringiz accessibility standartlariga javob berishini tekshirish uchun WebAIM dan foydalansangiz bo'ladi.
- 🖥️ Axe DevTools: Avtomatlashtirilgan accessibility testlarini taklif etuvchi brauzer extensioni.
- 📱 Lighthouse: Chrome DevTools-ga o'rnatilgan, turli analiz toolari bilan birga accessibility auditlarini o'z ichiga oladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun w3 ning Web Accessibility darslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman:
https://www.w3.org/WAI/tutorials/
Post #1399
7.69K