TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1328 8.01K
Ramazon vaqtida yuqori unumdorlik bilan ishlash.

Ko'pchilik dasturchilar Ramazon vaqtida unumdorlikni yo'qotib qo'yadi va kompyuter oldida ishlash doimgidan ko'ra biroz qiyinlashadi. Bu oy davomida kun tartibini to'g'ri taqsimlash juda muhim hisoblanadi. Kimgadir foydali bo'lishi mumkin dedim va o'zim uchun reja qilgan kun tartibini sizlar bilan ham bo'lishishga qaror qildim.

Saharlik qilib, bomdod namozini o'qigandan so'ng Qur'on va zikrlarga vaqt ajrating.

Erta tongdan - peshingacha eng muhim va qiyin vazifalarni bajarishga harakat qiling, chunki bu vaqtda quvvatingiz ko'proq bo'ladi va shu sababli ishlash osonlashadi. Osonroq va uncha fokus kerak bo'lmagan vazifalarni keyinroqqa olib qo'ying.

Peshinni o'qib bo'lib, qisqa tanaffus qiling va miyaga dam bering. Tanaffus vaqtlarini namoz vaqtlariga to'g'irlab olsangiz ham bo'ladi.

Iloji boricha Asrgacha barcha ishlarni tugatishga harakat qiling, chunki undan keyin nimadir qilishga harakat qilib o'zingizni qiynaganingiz qoladi holos. Uning o'rniga, oilangizga ovqat tayyorlashga yordam bering, iftorlik qiling va Shom namozini o'qing.

Keyin esa, Xufton va Tarovehga tayyorgarlik ko'ring. Bu vaqt davomida iloji boricha ko'proq ibodatda bo'lishga va og'zingiz ochiq paytida ko'proq suv ichishga harakat qiling.

Unutmang, eng unumdor vaqtingiz erta tongda bo'ladi. Bu vaqtni o'tkazib yubormaslik uchun ertaroq uxlashga harakat qiling. Shuningdek, jamoadoshlaringizga vaziyatingizni tushuntirib, kun tartibingiz haqida ularni xabardor qilib qo'yishni unutmang.

Barchamizga yana bir bor Ramazon oyi muborak bo'lsin.

@mabrur_dev
  • 👍 134
  • ❤ 14
  • 🔥 9
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →