TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1202 6.17K
Mabrur | Dasturlash va AI O'zbekistonda Stackoverflow, Hubstaff, CodeSandbox va shunga o'xshash development toolarni bloklash uchun qaysi darajada "tupoy" bo'lish kerak?
Ko'pchilik menda ishlayapti deyabti, lekin, rostan vpnsiz ishlamayapti deydiganlaram kam emasakan.

Xo'sh, bunga nima sabab bo'lishi mumkin?

Keling, bir davlatda bo'lib turibam, nima uchun ba'zilarda sayt ishlashi, ba'zilarda esa ishlamaslik holati kuzatilishi mumkinligi bo'yicha bir nechta asosiy sabablarni ko'rib chiqamiz.

1. ISP cheklovlari (Internet Service Provider).

Internet provayderlar ma'lum saytlarni ishlashini hukumat qarori, yoki boshqa sabablar bilan bloklab qo'yishi mumkin. Odatda, bunday holatlarda siz ishlatayotgan internet provayder kirmoqchi bo'lgan saytingizni ta'qiqlagan yoki unga kirishni sekinlatib qo'ygan bo'ladi, ammo boshqa provayder ishlatayotganlar o'sha saytlarga kirib keta oladi.

2. Mahalliy tarmoqdagi cheklovlar.
Siz kafe, restoran yoki coworking kabi odam gavjum bo'ladigan wifilardan foydalansangiz, bino egalari saytlarga kirishni ta'qiqlashi mumkin.

3. DNSdagi muammolar.
DNS www.example.com kabi saytlarni IP adressga o'girish uchun xizmat qiladi. Sizdagi internet provayderni DNS serveri bilan muammo chiqqan bo'lsa, yoki IP adresslar filterga tushgan bo'lsa, ma'lum saytlarga cheklov paydo bo'lishi mumkin. VPN ishlatish orqali odatda siz boshqa DNSga ulanasiz va bu muammoni chetlab o'tasiz.

4. Browser yoki Keshdagi muammolar.

Ba'zida browseringiz yoki uni keshiga shikast yetsa shunday muammo bo'lishi mumkin.

Bu asosiy 4 ta sababrlaridan biri. Saytlar ma'lum joylarda bloklanib qolishiga yana shunga o'xshash bir qancha sabablar bo'lishi ham mumkin.
  • 👍 16
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →