Buni aniqlash uchun faqat mijozlar soniga qarash yetarli emas.
📌 Data Analyst har bir reklama kanalini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtiradi:
1. Leadlar soni — qaysi kanal ko‘proq potensial mijoz olib keldi?
2. Conversion Rate — qaysi kanaldagi mijozlar ko‘proq xarid qildi?
3. CAC — bitta mijozni jalb qilish qancha turdi?
4. Revenue — qaysi kanal qancha daromad olib keldi?
5. ROI — reklama xarajatiga nisbatan qancha foyda olindi?
6. Customer Lifetime Value — qaysi kanaldan kelgan mijoz uzoq muddatda ko‘proq qiymat yaratdi?
Masalan:
Instagram → 1 000 ta lead → 100 ta mijoz
Google → 500 ta lead → 150 ta mijoz
Birinchi qarashda Instagram kuchliroq ko‘rinadi. Ammo Google'dan kelgan mijozlar ko‘proq xarid qilsa va ularni jalb qilish arzonroq bo‘lsa, Google biznes uchun ancha samarali kanal bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun Data Analystning savoli:
“Qaysi kanal eng ko‘p mijoz olib keldi?” emas,
“Qaysi kanal biznes uchun eng ko‘p qiymat yaratdi?”
Ana shu farq marketing hisobotini haqiqiy Data Analyticsga aylantiradi.
