3️⃣ta odam bor: A, B, V. Ularning har biri quyidagi uch xildan biri:
Rostgo'y — doim to'g'ri javob beradi.
Yolg'onchi — doim noto'g'ri javob beradi.
Tasodifiy — ba'zan to'g'ri, ba'zan noto'g'ri javob beradi (chindan tasodifiy, oldindan bilib bo'lmaydi).
Kim qaysi turga mansubligi noma'lum.
Sizning vazifangiz: 3 ta ha/yo'q savol berib (har safar bitta odamga bitta savol), kim Rostgo'y, kim Yolg'onchi, kim Tasodifiy ekanini aniqlash.
Muammo: bu uchovi faqat o'z tilida — "da" va "ja" so'zlari bilan javob beradi, siz esa qaysi so'z "ha", qaysi biri "yo'q" ekanini bilmaysiz❗️
Savol: qanday 3 ta savol berib, hammasini aniq bilib olasiz❓
Post #1277
437

- ❤ 1