Shunchaki yashama,hayotga kelib,
Umr daftaringni savobga to'ldir.
Imkoning bo'lmasa hech bo'lmaganda,
Bir g'amgin insonni yurakdan kuldir.
Shunchaki otmasin,tonglaring unsiz
Quyoshing zikrdan charaqlab ketsin.
Nolima hayotning past ,balandiga,
Amaling shukrdan jannatga eltsin.
Shunchaki yashama,yuraksiz,hissiz,
Muhabbat bog'iga gullaringni ek.
Sevgin-u,sevilgin umr yo'lingga
Barcha quvonchlar- u ,shodliklarni tik.
@limebook 🍂
Post #128
1.65K
- ❤ 6
- 🔥 3
- ⚡ 2
- 💯 1