O‘quv markazimiz asoschisi va ustozimiz Parviz Xudoyberdiyev o‘quv jarayonining qanday tizimlashtirilgani haqida so‘zlab beradi.
Bu yerda administratorlardan tortib, sotuv bo‘limi, o‘qituvchilar va supportgacha — har bir jarayonning o‘z vazifasi bor.
👨🎓 Yangi o‘quvchining ehtiyojini aniqlashdan boshlab, unga mos yo‘nalish tanlash, dars jarayoni, uy vazifalari va natijalarni kuzatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar yagona tizim asosida boshqariladi.
O‘qituvchi esa asosiy e’tiborini — dars berishga qaratadi.
📊 O‘quvchining davomati, o‘zlashtirishi, uy vazifalari va natijalari muntazam qayd etib boriladi. Shu orqali har bir o‘quvchining rivojlanishini kuzatish mumkin.
Batafsil — videoda. 🎥