TGViewer
Channel Public Channel
Aleph Nought

Aleph Nought

@leph0

(Aleph-nought, also Aleph-zero or Aleph-null) is the cardinality of the set of all natural numbers, and is an infinite cardinal.
Subscribers
991
Photos
97
Videos
36
Links
161

Showing posts older than #245 · Back to latest

Older Posts 16 shown
Post #244
Channel photo updated
Post #241 1.14K
By Omni
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #240 1.14K
AX technology'dan (Insane Group) olgan hulosalarim.

Official namozxona yo'q. (Manimcha butun toshkentdagi ofislarda ham yo'q.) Ammo bir xonaga kirib namoz o'qishga hech kim qarshi bo'magan. (O'sha xona aslida unofficial namozxona edi).
Russki yazichni mutaxasislar ko'p edi. Namozxonlar ham kam emasdi.
Biror kimdan musulmon dini haqida yomon gap eshitmagamman. (Din haqida gaplashilmasdi ham). Kimdir aynan shu temada ishdan boshaganini ham eshitmagamman.
Oshpazlari hijobli muslima kenayilar edi.
Jumadan qaytuvchilar uchun abed alohida vaqtda tayyorlanar edi.
Hammani tug'ilgan kuni bilan tabriklashar, ammo o'zingiz hohlamasangiz bunday qilishmasdi.

Hodimlar diniga qarab ajratilsa bunga qarshiman! Ammo bunday narsa (shaxsan) ko'rmaganim uchun biror kompaniyani to'liqligicha boycot qilishga ham qarshiman.
  • 👍 17
  • 🔥 8
  • ✍ 1
Post #238 1.6K
Programming ∀ Hullas keyingi safarga bilasizmi nima qilamiz ? Muhammad okam @leph0 ga savol beramiz. Aniq vaqtlarini aytolmayman sababi vaqtlarni kelishmadik. Lekin maqsad sizga yangi dunyoqarashni share qilish. Balki shu bahona kimdir WebGL, WebGPU gamedev mavzulariga…
Oukay 18-may, 18:30 ga kelishdik)
  • 🔥 10
  • 👍 1
Post #237 1.03K

Forwarded from Programming ∀

Hullas keyingi safarga bilasizmi nima qilamiz ?

Muhammad okam @leph0 ga savol beramiz.

Aniq vaqtlarini aytolmayman sababi vaqtlarni kelishmadik. Lekin maqsad sizga yangi dunyoqarashni share qilish. Balki shu bahona kimdir WebGL, WebGPU gamedev mavzulariga qiziqib qolar. Ammo u suxbatimiz uzunroq b'lsa kerak. Mani savollarim ko'p )) Huddi shunday sizning ham savollariz bo'lsa albatta yozib qoldiring. Keyingi safar Web Graphics haqida suxbat qilamiz. Imkon qadar sodda va qisman chuqur kiramiz mavzuga 🙂
  • 👍 2
Post #234 1.44K
Ohirgi 3 haftada qilgan ishlarim. Buyog'iga har hafta to'xtatmasdan bitta example joylab bormoqchiman. Duo qiling davomli bo'lsin) Dangasaligim tutib qolsa tomom 😁
  • 👍 28
  • 🔥 8
  • ⚡ 4
  • 😁 3
  • 🤯 1
Post #231
Aleph Nought pinned «Bugun bir odamdan habar keldi: "Ko'p dasturchi insonlar aynan Web development dan uyog'iga o'tishmasligi(u xoh O'zbekistondagi katta kompaniya bo'lsin) meni hayron qoldiradi." "Uyog'iga o'tish" jumlasi - habar muallifining Web ni boshlang'ich level deb tushunishlarini…»
Post #230 12.1K
Bugun bir odamdan habar keldi:

"Ko'p dasturchi insonlar aynan Web development dan uyog'iga o'tishmasligi(u xoh O'zbekistondagi katta kompaniya bo'lsin) meni hayron qoldiradi."

"Uyog'iga o'tish" jumlasi - habar muallifining Web ni boshlang'ich level deb tushunishlarini isbot qiladi. Huddi Web dan keyin albatta nimagadir o'tmasangiz - siz hechkim emassiz.

Bir narsani aniqlashtirib olaylik.

World Wide Web (www) ga aloqador hamma ishni qiladiganlar avvallari "Veb dasturchi" deyilgan. Server bilan ishlashda PHP dominantlik qilgan. Shuning uchunmi bilmadim, hozir ham veb dasturchi deganda PHP chilarni tushunishadi. Ammo bu notog'ri.

Web - Bu fokusini Browser ga qaratgan har qanday built-in va embedded interfeysdir. Masalan, avval Bluetooth texnologiyasi kashf etiladi. So'ngra Browser'larda ishlashi uchun interfeys qilinadi. Shu kabi boshqa texnologiyalar ham bir joyga to'planadi va o'sha iterfeyslar to'plami - WebAPI deyiladi. Masalan, WebSocket - bu siz bilan socket programming ni Web da qo'llanilishi. Shu va shunga o'xshash boshqa ko'plab texnologiyalar, allaqachon Web da mavjud.

WebAPI ga aloqador embedded texnologiyalarni Browser'larsiz ham ishlatish mumkin. Shaxsan o'zim WebGPU ni Browser dan tashqarida - GPU Computing uchun ham ishlataman.

Shunday ekan Web ham - Desktop/Mobile/VR/Console lar qatorida turadigan raqobatdosh alohida soha. Mensilmaydigan, kamsitiladigan, boshida o'rganib, keyin boshqasiga o'tiladigan emas.

Har qanday soha vakili bilan muloqot qilar ekansiz, ehtiyotkor bo'ling. Hali chuqurroq kirib ko'rmagan narsangizni yaxshi bilmasligingiz - o'sha soha yoki texnologiya tufta degani emas. Haddingizni biling! Sochingizga ehtiyot bo'ling! (Soch masalasini keyin tushunasiz).

Hozir sohalar Frontend, Backend, DevOps vahokazolarga bo'linib ketgan. Har birining ohiriga yetishni baribir iloji yo'q. "Frontendni mukammaliga yetdim, endi Professional Backendchi bo'laman" deya olmaysiz.

Undan ko'ra o'z sohangizda samuray bo'ling! Masalan men hayolimga nima ish qilish kelsa - o'shani Web'da qilish haqida o'ylayman. Chunki fokusimni Browser'larga qaratgamman va asosiysi ishimmi yaxshi ko'raman. Browser'da hamma narsa qila olishni hohlayman. Bu narsa Desktop da yoki Mobile'da qilinadi deb o'tirymayman. Bazi texnologiyalar hos ishlar uchun ishlatiladi. Bular bundan mustasno.

Maqolani Ibrohim Kadirovning ajoyib fikri bilan yakunlayman:

Samuray (さむらい) sartarosh emas, ammo u qilichdan shunday ustalik bilan foydalana oladiki - qilichi bilan sochingizni ham kesib qo'ya oladi.
  • 👍 36
  • 🔥 7
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #229
Aleph Nought pinned «Q&A session Bugun, soat 21:00da jonli efirda rejalashtirganimizdek, savollarga javoblar beramiz, in shaa Alloh.»
Post #228 916

Forwarded from Dev thinking loud

Q&A session

Bugun, soat 21:00da jonli efirda rejalashtirganimizdek, savollarga javoblar beramiz, in shaa Alloh.
  • 👍 2
Post #227 1.52K
Temurbek Adhamov Xorazm filiali ochilish marosimiga marhamat! 🔥 «Najot Ta'lim»ning viloyatlardagi yana bir filiali Urganch shahrida ochilayotganidan xabaringiz bor. Yangi filialning to'liq ishga tushishi munosabati bilan ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 🔥 Tadbir kuni…
Urganchni aylanib kelishni hohlaganlar bormi? Biz mehmonga bormoqchimiz. Ko'pchilik bilan qiziqroq bo'larmidi)
  • 👍 5
Post #226 1.47K

Forwarded from Temurbek Adhamov

Xorazm filiali ochilish marosimiga marhamat!

🔥 «Najot Ta'lim»ning viloyatlardagi yana bir filiali Urganch shahrida ochilayotganidan xabaringiz bor.

Yangi filialning to'liq ishga tushishi munosabati bilan ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 🔥

Tadbir kuni sizni sovg'ali o'yinlar, yangi filialga ekskursiya va katta master-klass kutmoqda. Xullas, kuningiz yoqimli va mazmunli o'tishiga ishonamiz!

☕️ Tadbir davomida sizni mazali kofe-breyk ham kutmoqda!

📅 Qachon: 11-may, shanba, soat 10:00
🙋‍♂️ Kim uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Xorazm fialiali

👉 Ochilish marosimida qatnashish
  • 👍 3
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →