TGViewer
Aleph Nought Aleph Nought @leph0 · 991 subscribers
Post #419 12.1K
1000$ maoshlik kasb egasi bo‘lishni istaysizmi?

Hozir shu mazmundagi kontentlar ko‘payib ketdi. Ayniqsa IT (AyTi) sohasidagi reklamalarda. 2-3 yillar avval do‘stim bilan bir 3D dizaynerning "Men oyiga 5000$ dan ko‘proq topaman" degan intervyusini ko‘rib qolgan edik. Gaplarida go‘yo yoshlarni dizayner bo‘lishga targ‘ib qilardi. O‘shanda do‘stim bilan juda ko‘p fikr mulohazalar qilganmiz.

Hech kuzatganmisiz, shunday odamlarning aksariyatida kichik bo‘lsa ham o‘quv markazi yoki pullik onlayn kurslari bo'ladi...

AyTi sohasidagi kasblar AyTi sohasidan uzoqda bo‘lgan odamlar uchun biroz g‘ayritabiiy ko‘rinadi. Shuning uchun birovlarni pulga qiziqtirib o‘zlarining kurslarini sotib yurganlar bundan yaxshigina foydalanadi. Sodda odamlar tushunmaydida. AyTi ga aloqador bo‘lmagan kasblar esa hammaga tushunarli va aldash juda qiyin. Masalan, nega oshpazlar netga chiqib olib "Mana oshpaz bo‘linglar, soqqani tegida qolasiz, men sizga oshpazlikni o‘rgataman" demaydi. Vaholanki O‘zbekistonning o‘zida ham oyiga 2000-3000$ topadigan oshpazlar ham bor! Kimdir chiqib shunday desa ham - bizda bunga nisbatan fikrlash immuniteti bor: "Ha qimmat mehmonxonaning oshpazi bo‘lsa kerak", "Kazo-kazolarga ovqat pishirsa kerak", "Nomer 1 oshpaz ekan-de" deb o‘ylashimiz mumkin.

Mana shu "Nomer 1 (one, odin)" deb o‘ylashimizda juda katta narsa bor. Nima uchun o‘zi "Nomer 1" deymiz? Chunki farazan "100 ta, 1000 ta, 1 millionta oshpaz bo‘lsa - shuning ichida birinchisi va eng zo‘ri" degan xulosa kelib chiqadi. Shunda 1000 taning o'rtasidagi yoki oxirlaridagi oshpazlar ham shuncha topadi degani emas-ku to'grimi?!

Sodda bo‘lmang, AyTi da ham xuddi shunday. O‘sha dizayner misolida aytsak, "Ha men bilan birga 200 dan ortiq odamlar o‘qigan, ammo faqat men Allohning fazli bilan yaxshi ishlarga joylashib ketdim, qolganlar ichida hatto xalizgacha ham ish topolmay yurganlari bor" demaydi. Kerak bo‘lsa do‘stlarini ham maqtab ketadi. Uning "krugida" hamma omadli, boy, kuchli mutaxasislar...

Qaysi sohada bo‘lsangiz ham - Alloh sizning harakatlaringizga yarashasini beradi. Hozir ustachilikni tashlab AyTi o‘qib, mutahasis bo‘lib boyib ketaman degan vasvasalarga ishonmang. Qayerda va kim bo‘lsangiz ham rizqingiz sizni topadi, kamaymaydi va ko‘paymaydi ham. Faqat eng yaxshisi bo‘lishga harakat qiling derdimku, ammo maqola bu haqida emas...

Bir do‘stim - "Har qanday offline/online AyTi kurslaridan pul, maosh kabi kontekstlarni olib tashlash kerak" degan edi (Adham rahmat). Mutaxasis bo'lsa, kursini sotishda muammo yo'q. Kimga kerak bo'lsa, o'quvchilar o'zi qiziqib, izlanib sotib olaveradi. Zotan AyTi sohasini faqat shu sohaga qiziqadiganlar o'qishi kerak. Har qanday pulga qiziqqan odamlar emas. Aks holda hamma o'qishi kerak. Chunki hammaga pul kerak. Ammo pul faqat AyTida deb kim aytdi?

Shaxsiy (asil basharam, asil sharoitim, yaʼni shaxsan menda qanaqa?) ahvolimdan kelib chiqib aytaman:

Shaxsan o‘zim bitta loyihani kamida 4000-5000$ ga qilaman. Bu rost! Mazza eshitiladi shundaymi? Lekin bu kabi loyihalar 1 yilda bitta yoki ikkita kelib qolishi haqida aytsamchi? Shunda men oyiga qancha topishim mumkin?


Biror kursda o‘qimoqchimisiz, shunchaki o‘qing, puliga qiziqmang. Puliga qiziqtirayotgan «mutaxasislardan» esa ehtiyot bo‘ling.
  • 👍 27
  • ❤ 13
  • 💯 7
  • 🔥 3
More from @leph0
  1. Sep 22, 2026Kuchli bolalarga quvonch va mehr ulashamiz Uzcosmos agentligi va “Sen Kuchlisan” xayriya j…
  2. Sep 13, 2026Proximate...
  3. Sep 6, 2026Hello everyone! I’m building a level chunk builder with WebGPU using real-world geospatial…
  4. Jun 25, 2026🌍 Ohangaron suv omborida o‘tkazilgan media-tur davomida jurnalistlar va blogerlar suv omb…
  5. May 27, 2026Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin! @nuruddinblogs
  6. Apr 21, 2026🚀 Bizda yangi ish o‘rni ochildi! Jamoamizga yangi iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Agar sizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →