Man 3D modelchilarni uzoq vaqt izladim. Ammo ba'zida byudjet mos kelmasdi yoki ularning ishlari mening aniq ehtiyojlarimga javob bermasdi. Masalan, ular biror uyning professional 3D modelini yaratib berishardi, lekin UV mappingni to'g'ri qilishlarini so'rasam, muammolar tugamasdi.
Shu sababdan, o'zimning dasturimni yaratishga qaror qildim! Bu oddiy floor plan modellarini samarali yaratishga imkon beruvchi yengil dastur bo'lib, boshqa loyihalarim (masalan, Poytaxt'da environment yaratish) uchun kerakli bo'lgan ehtiyojlarni qondiradi.
Dastur nimalarga qodir:
Indekslangan geometriya yaratadi, bu esa modellarni optimallashtiradi.
UV mappingni qo'llab-quvvatlaydi, bu teksturalarni joylashtirishni osonlashtiradi.
Surface normalsni hisoblab beradi, bu esa yanada yaxshiroq render qilish imkonini yaratadi.
.glb formatidagi yengil model yuklab olishga imkon beradi.
AI agentlar uchun Navmesh yaratadi, bu esa aqlli yo'l topishni ta'minlaydi.
Dastur hali ommaga e'lon qilinmadi, ammo demo videoni sizlar bilan bo'lishyapman. Fikrlaringizni bilishni istardim!
Post #383
1.61K
Aleph Nought Next product (Unpublished) Poytaxt gullidigan bovotti, inshaallah
- 👍 16
- 🔥 4