Assalomu alaykum, hisobimdan 900 so'mdan pul yechib olinyapti. Sababi - hisobim TopBox ko'ngilochar kontentga obuna bo'lib qolgan.
Menga u xizmatni bekor qilish kodi kerak emas. Murojatim mazmuni boshqacha. Men izoh so'ramoqchiman:
1. Qanday qilib raqamim shu turdagi kontentlarga avtomatik obuna bo'lib qolayapti. Masalan TopBox saytiga kirib ko'rdim. Unga obuna bo'lish uchun albatta telefon raqam kiritilishi va kod tasdiqlanishi kerak. Ammo buni o'zim amalga oshirmagamman.
2. UzMobile majburan biror kontentga obuna qiladi. Keyin bekor qilish uchun falon kodni yuboring deb sms jo'natadi. Oddiy odam bunga etibor bermasligi mumkin. Shunda uning hisobidan pul kamayib boraveradi.
Avval ham shunday muammo bo'lganida, operator qaysidur saytga kirganim uchun obuna yoqilib qolganini aytgan edi. Bunday bo'lishi mumkin emas.
Men dasturchiman. Shuning uchun iltimos menga texnik izoh bering. Hozir muammoni yopib yuborishingiz qiziq emas. Chunki avval ham yopgansiz. Bu safar qonun yo'li bilan talab qilaman!
Agar har qanday AyTi hodimi tushunadigan va qabul qiladigan texnik sabab keltirmasangiz, men konstitutsiyaviy huqularimdan foydalanib ko'raman.
Rahmat
Post #336
977
Forwarded from Muhammadxon Najimov
- 👍 14
- ❤ 1