Assalomu aleykum!
---
PalovJS haqida
---
JS, Jamiyat(Community) va Palov
PalovJS shunchaki meetup emas; Bu JavaScript va mazali palovga bo'lgan muhabbatni birlashtiradigan global hamjamiyat. Oddiy, ammo ta'sirli g'oyadan kelib chiqqan holda, PalovJS g'oyalar(Idealar), hamkorlik va o'zaro aloqalar(networking) uchun imkon yaratish uchun xizmat qiladi.
JavaScript ishqibozlari, developerlar va texnologiya ixlosmandlari bemalol qo'shilishi mumkin.
Umuman olganda, har bir PalovJS filiali o'z ishini qiladi. Ba'zilari oyiga bir marta palov yeyish uchun uchrashadilar, boshqalari konferentsiya uslubidagi tadbirlarni tashkil etishadi. Eng muhimi, PalovJS bu g'oya - odamlarni palov ustida IT sohasi haqida gaplashish, tanishish va bilim almashish uchun birlashtirish usuli. Palov yeyish albatta talab qilinmaydi.
Qiziqarli? unda bizga qo'shiling 😄
Idealar bo'lsa ulashing ...
Post #217
1.69K
Forwarded from palov.js
- 👍 15