TGViewer
LeetCodin LeetCodin @leetcodin · 1.42K subscribers
Post #506 5.64K
Hammaga salom! Vaqti-vaqti bilan obunachilar savol berib turishadi. Shunday bir savol-javobni shu yerga joylashtiraman.


Savol: "Hozirda har kuni DSA o‘rganib, LeetCode’da masalalar yechib boryapman.
Lekin hozir FAANG’ning holati unchalik yaxshi emasga o‘xshaydi, chunki layoffs bo‘lib turibdi.

Shu sababli, ishxonada o‘zimni ko‘rsatish va tezroq raise olish uchun qanday maslahat bera olasiz?"


Javob: "DSA va LeedCode bilan shug'ullanayotganingiz juda ham zo'r! Keep it up!

FAANG'da har doim layoff bo'ladi va odamlarni ishga olishni to'xtatmaydi hech qachon. Odatda "bottom 5%" ishdan bo'shatishadi.

Savolingizga 2ta maslahatim bor:
1. Boshqa tajribali dasturchilarga ham huddi shunday savol yozib ko'ring. Javoblarni yig'ib, tahlil qilib, o'zingizga to'g'irlab, keyin harakat qiling.

2. Mening "2 cents" bu haqida quyidagicha:
O'zingizga ko'proq mas'uliyat oling.
Masalan:
- Team lead'ga borib, "sizda loyihamiz bo'yicha qanday taraf (part/volume of work) borki - shuni boshqa odam qilsa, asosiy ishga qo'l urardim [asl long-term ishlarga vaqt ko'payardi]" - deb so'rab ko'ring. Loyihaning shu tarafini owner'i bo'ling. Shunday yaxshi o'rganingki - hamma sizga kelib savol so'rasin shu haqida.

FAANG kompaniyalarida siz agar mid-level'dan senior'ga o'tmoqchi bo'lsangiz, siz senior developer'ning ishini bir oz vaqt davomida qilib kelayotgan bo'lishingiz kerak.

Bu degani sizga senior'likni boshqa odam berishi kerak emas, har bir harakatingiz "Men seniorman. Senior dev bunday holatda qanday harakat qilishi lozim?" - degan fikr bilan boshlanishi kerak.

O'zingizga boshqa odamning ish o'rnidan qarab ko'ring. Masalan:
- Tasavvur qiling siz shu biznesning egasisiz. Sizga har doim persistent and accountable odamlar yetishmaydi. Unday odamlarning o'zi kamdan-kam. Agar accountable odamni topib olsangiz, uni ishda lavozimda ko'tarib, maksimal darajada qoldirgingiz keladi - to'g'rimi? Bundan xulosa - men shunday odam bo'lishim kerak."


Siz esa nima deb o'ylaysiz?
@LeetCodin
  • 🔥 42
  • 👍 10
  • 💯 4
  • ⚡ 1
  • 🏆 1
More from @leetcodin
  1. Aug 2, 2026One person on Reddit shared the following thoughts on the future of software development a…
  2. Apr 14, 2026🇺🇿 Javokhir Sindarov Nomzodlar turnirida g‘olib bo‘ldi! 🇺🇸 Javokhir Sindarov won the C…
  3. Apr 10, 20261700
  4. Feb 1, 2026The full video is here: From Uzbekistan to Big Tech To’liq videoga havola: From Uzbekistan…
  5. Feb 1, 2026Salom! 🇺🇸 IT Park has released a teaser video where our compatriots who live in the US a…
  6. Jan 23, 2026Scaling PostgreSQL to power 800 million ChatGPT users https://openai.com/index/scaling-pos…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →