🇺🇿 O‘zbekiston media loyihalari Olmaotadagi xalqaro bozorda taqdim etildi
🦋 Olmaotada o‘tkazilgan World Content Market tadbirida Kontent markazi vakili, aktyor va rejissyor Rashid Malikov O‘zbekiston media loyihalari, ishlab chiqilayotgan kino va seriallar haqida taqdimot o‘tkazdi.
🎞️ Taqdimotda o‘zbek filmlari va seriallarini xorijiy bozorlarga olib chiqish, chet el kontentini xarid qilish hamda hamkorlikda kino va media loyihalar yaratish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistondagi suratga olish maskanlari va mahalliy ijodiy jamoalar bilan ishlash imkoniyatlari ham tanishtirildi.
🇰🇿 World Content Marketdagi Kontent markazi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston pavilionida Sevimli TV, Zoʻr TV, MY5, Renessans TV, Biz TV, Солнечный ТВ telekanallari hamda Salom TV, SPlay, Zoʻr Play, Biz Media onlayn platformalari, “Panorama Fox”, “Media Show TV” kabi xususiy kinostudiyalar vakillari qatnashib, B2B muzokaralarda ishtirok etishdi.
😄 Shuningdek, ishtirokchilar 2027-yil 4–5-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tashkent Content Market tadbiriga taklif etildi va bu ishtirokchilarda katta qiziqish bilan qabul qilindi. Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi xalqaro tadbirga roʻyxatdan oʻtish TCM.uz saytida davom etmoqda.
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹 Facebook 🔹YouTube
Post #858
562









- ❤ 2
- 👍 1