⚡️ Ilk marotaba Tashkent Content Market bo‘lib o‘tadi
🗓 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Tashkent Content Market xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.
😀 5 500 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
🦋 Kontent markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Tashkent Content Market ko‘lami, xalqaro ishtirokchilar soni va boy dasturi bilan mintaqadagi eng yirik media tadbirga aylanishi kutilmoqda.
😃 Tadbir ko‘rgazmalar, B2B uchrashuvlar, forumlar, skrininglar va mahorat darslarini yagona maydonda birlashtiradi.
😘 Tadbirda ishtirok etish va batafsil ma’lumot olish uchun www.TCM.uz saytiga tashrif buyuring.
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹YouTube 🔹Linkedin 🌍Veb-sayt
Post #843
9.59K