TGViewer
Kimyo o'qituvchisi Kimyo o'qituvchisi @kimyo_fa_ni · 2.83K subscribers
Post #1124 1.69K
❗️Oʻquvchilarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi

Yangi odob-axloq qoidalariga asosan:

❌ taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;

❌ oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;

❌ bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi;

❌ tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi;

❌ qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;

❌ dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

❌ taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;

❌ har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi;

❌ taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi

Kimyo fani”- kanaliga obuna bo‘ling!
👇👇👇 👇👇👇
👉 @kimyo_fa_ni
👉 @kimyo_fa_ni
  • ❤ 1
More from @kimyo_fa_ni
  1. Sep 29, 2026Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbi…
  2. Sep 24, 2026OTA-ONALAR UCHUN MASLAHATLAR: Farzandingizning ta’limida qanday yordam berish mumkin? Farz…
  3. Sep 24, 2026HAZILGA O‘XSHASH XAQIQATLAR DIREKTOR - bir qo'lida qamchi va bir qo'li bilan хodimlari bos…
  4. Sep 24, 2026​🔔Saqlab qoʻying kerak boʻladi! ☑️ 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksal…
  5. Sep 24, 2026KIMYO DARSI ENDI ZERIKARLI EMAS 🧪🧪❌ 7-8-9-10-11 sinfgacha KIMYODAN dan maktab darsligi a…
  6. Sep 12, 2026⚡️2026/2027-o'quv yili uchun kalendar Choraklikdagi o‘quv kunlari 1-chorak: 2-sentabrdan 3…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →