Uyga ko’chganim haqida asosiy kanalda yozgandim. Negaligi haqida esa yo’q. Oxirgi paytlarda hotirjamlik hissini ofisda sezmay qo’ydim, qandaydir alg’ov-dalg’ov edi hayollar. 2 yil oldin ofisga ko’chishimga esa uyda focus qila olmasligim sabab bo’lgandi. O’zim vaqt o’tib sezgan narsam, umuman olganda faqat bir joyda ishlash yaxshi emas ekan, ba’zida uyda, ba’zida ofisda, zeriksangiz kafeda do’stlar bilan. Hybrid yaxshi ekan men uchun.
Yana bir narsa, oldin uyda ba’zida zerikardim, hozir esa coworkerim bor, adajon deb eshik qoqadigan :) Ishdan kechroq kelsam, qizim uhlab qolgan bo’lsa, uni yoshligini ko’rmay o’tkazib yuborayotgandek tuyilardi. Hozir esa unday emas.
Post #529
264

- 🔥 15
- ❤ 7
- 👍 5