Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan OTM talabalari o‘rtasidagi xalqaro matematika olimpiadasida shogirdlarim:
🥇 Ahadov Abdushukur — oltin medal
🥈 Abdullayev Salimxo‘ja — kumush medal
natijalarini qo‘lga kiritishdi!
Ular ushbu olimpiadada TIFT universiteti talabalari sifatida ishtirok etishdi.
Ammo bu hali hammasi emas. Jamoaviy hisobda ham mutlaq g‘alaba qozonib,🏆 SUPERKUBOK sohibiga aylanishdi!
Eslatib o‘tamiz, ular yaqinda Rossiyada bo‘lib o‘tgan 🇷🇺 RUDN Math Olymp – 2025 musobaqasida ham 🥇oltin va 🥈 kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Bu yutuqlar — mehnat, ishonch va to‘g‘ri yo‘lning mevasi! 💪📚
Shu o‘rinda TIFT universiteti ta’sischisi Azizbek Xotamovichga iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, matematika loyihalarini rivojlantirish va yoshlar kelajagiga bo‘lgan katta e’tibori uchun chuqur minnatdorlik bildiraman! 🙏
🎓 Ma’lumot uchun, TIFT - matematika yoʻnalishi bakalavr va magistrda ham mavjud boʻlgan yagona nodavlat universitet hisoblanadi.
👏 Tabriklaymiz chempionlarimizni!