KHISO olimpiadasining yakuniy natijalarini e’lon qilamiz
Xabaringiz bor, 7-sentabr kuni 1-11– sinf o‘quvchilar uchun respublikamiz bo‘ylab KHISO olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 1000 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.
🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlanishadi:
🥉 70% dan 79% gacha: Bronza medal
🥈 80% dan 89% gacha: Kumush
medal
🥇 90% dan 100% gacha: Oltin medal
Taqdirlash marosimi 21-sentabr kuni (COPERNICUS olimpiadasining saralash bosqichi kuni) hududlarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqida batafsil ma’lumot kanalimizda e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, xalqaro YOZGI MAKTAB-2026 ga yillik reytingi eng yuqori o‘quvchilar 100% bepul qatnashishlari mumkin. Shunday ekan har bir ishtirok va har bir reyting ball muhim hisoblanadi.
🎫 Eslatib o‘tamiz, barcha ishtirokchilar hoziroq offline.khiso.uz platformasidagi shaxsiy akkauntiga kirib, sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin. Hali akkaunt ochmagan o‘quvchilar akkaunt ochib, @khiso_admin ga yozishlari shart.