🛫9-sentabr kuni 25 nafar oʻquvchi va ularning ota-onalari birgalikda Amerikaning Nyu-York shahriga yoʻl oldilar. Ular dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Kolumbiya universitetida boʻlib oʻtadigan Copernicus xalqaro olimpiadasi final bosqichida ishtirok etishadi.
🥇Eslatib oʻtamiz, iyul oyining oxirida ikki nafar oʻquvchimiz final bosqichida qatnashib, biri oltin medal, ikkinchisi esa faxrli oʻrin bilan yurtga qaytgan edi. Vizasi kechikkan qolgan ishtirokchilar esa 9-sentabr kuni safarga chiqishdi.
❗️ Kelgusi yilda ham viza muammosi yuzaga kelmasligi uchun Copernicus xalqaro olimpiadasining Oʻzbekistondagi saralash bosqichi 21-sentabr kuni butun respublika boʻylab oʻtkaziladi. Roʻyxatdan qancha tez oʻtsangiz, badal toʻlovi shuncha arzon boʻladi!
📌 21-sentabr kungi Copernicus xalqaro olimpiadasi saralash bosqichiga roʻyxatdan oʻtish:
🔣 offline.khiso.uz