TGViewer
KHISO olimpiada KHISO olimpiada @khiso · 16.8K subscribers
Post #6145 2.44K
KHISO olimpiada O‘z hududingizdagi KHISO Telegram kanaliga albatta ulaning. Manzil, vaqt va boshqa tashkiliy masalalarga oid o‘zgarishlar hamda ayrim hududlardagi istisnolar shu kanallarda e’lon qilinadi.
HURMATLI OTA-ONALAR!

🏆 Olimpiadalarimiz dastlab faqat Toshkent shahrida, keyinchalik Xorazmda, undan so‘ng esa bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham tashkil etila boshlandi.

Bularning barchasi, avvalo, sizlarning talab va takliflaringizdan kelib chiqib amalga oshirildi. Maqsadimiz — sizlarga yanada yaqinroq bo‘lish, ota-onalar va o‘quvchilarning vaqtini tejash, uzoq yo‘l bosishi va ortiqcha yo‘l xarajatlarini kamaytirish. Shu sababli olimpiada o‘tkaziladigan manzillar sonini imkon qadar ko‘paytirib boryapmiz.

Afsuski, ayrim hududlarda fors-major holatlar, tashkiliy tajribaning yetishmasligi yoki mas’uliyat bilan bog‘liq kamchiliklar sababli kechikishlar va boshqa noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Bunday holatlar yuzasidan bildirilayotgan har bir fikr va tanqid biz uchun muhim.

Azizlar, shuni ham tushunishingizni istardik: asosiy tashkiliy jamoamiz Toshkentda faoliyat yuritadi. Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish esa bir kunda shakllanadigan jarayon emas — buning uchun tajriba, vaqt va amaliyot kerak.

Shu o‘rinda bir savol: hududlarda tajriba hali yetarli emasligi sababli olimpiadalarni to‘xtatishimiz kerakmi yoki hududiy hamkorlarimiz tajriba orttirib, yanada kuchli tashkilotchiga aylanguniga qadar ularni qo‘llab-quvvatlab, kamchiliklarni birgalikda bartaraf etib borishimiz kerakmi?

Biz, albatta, ikkinchi yo‘lni tanlaymiz. Chunki hududlardagi bolalar ham sifatli olimpiadalarda o‘z yashash joyiga imkon qadar yaqin hududda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishini istaymiz.

🤝 Bildirilgan barcha fikr, e’tiroz va tanqidlar uchun rahmat. Hududiy hamkorlarimiz ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi olimpiadalarda tashkiliy sifatni yanada yaxshilaydi, degan umiddamiz.

Biz uchun eng muhimi — o‘quvchilarga imkoniyat yaratish va bu imkoniyatni yildan-yilga sifatliroq qilish! 🏆
  • 👍 25
  • ❤ 5
  • 🔥 2
More from @khiso
  1. Oct 6, 2026🔢 STEAM SPIRES — matematika orqali xalqaro final sari! 🗓 5–9-oktabr kunlari STEAM SPIRES…
  2. Oct 6, 2026🌍 STEAM SPIRES — ingliz tilidagi bilimingiz bilan xalqaro finalga yo‘l oling! 🗓 5–9-okta…
  3. Oct 5, 2026🇺🇸🇯🇵🇮🇹 Steam Spires xalqaro olimpiadasida berilgan topshiriqlarning video yechimlari…
  4. Oct 5, 2026🌍 STEAM SPIRES — xalqaro finalga chiqish uchun yana bir imkoniyat! 📢 5–9-oktabr kunlari…
  5. Oct 5, 2026⚡️3-KHISO olimpiadasida berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz 🚀 4-ok…
  6. Oct 4, 2026⚡️ OLIMPIADA NATIJALARI QACHON E’LON QILINADI? 📌Xabaringiz bor, bugun respublikamiz bo‘yl…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →