🔥Bugun — bilimlaringizni namoyon etish, o‘zingizni sinash va yangi marralarni zabt etish kuni!
Yakshanba tongini katta maqsadlar bilan boshlayotgan aziz o‘quvchilar, farzandiga ishonch va dalda berayotgan ota-onalar, shogirdlariga qanot bo‘layotgan ustozlar — bugungi bilimlar bayramiga xush kelibsiz! 💙
🏆 Har bir yechilgan masala — yangi tajriba. Har bir sinov — o‘sish imkoniyati. Bugungi harakatingiz ertangi g‘alabangizga poydevor bo‘lsin!
🚀 Muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi!
🗓 BUGUNGI DASTUR:
⚡️ 09:00 — 3-KHISO olimpiadasi
🌎 10:30 — STEAM SPIRES xalqaro olimpiadasi
🥇 12:00 — TAQDIRLASH MAROSIM
I
Yangi mavsumning 2-KHISO hamda TeenEagle Math xalqaro olimpiadasi g‘oliblarini birgalikda olqishlaymiz!
❗️ YO‘LGA CHIQISHDAN OLDIN HUDUDIY KANALNI TEKSHIRING!
O‘z hududingizdagi KHISO Telegram kanaliga albatta ulaning. Manzil, vaqt va boshqa tashkiliy masalalarga oid o‘zgarishlar hamda ayrim hududlardagi istisnolar shu kanallarda e’lon qilinadi.
📍 Manzillar va hududiy kanallar ro‘yxati
💡 OLIMPIADA OLDIDAN 4 TA MUHIM ESLATMA:
🔹 Shoshilmang, diqqat bilan ishlang: Savollarni oxirigacha o‘qing. Javoblar varaqasida savol raqami va belgilayotgan javobingiz mosligini tekshiring.
🔹 Savollar kitobchasi sizda qoladi: Olimpiadadan so‘ng uni o‘zingiz bilan olib chiqishingiz mumkin.
🔹 Noto‘g‘ri javob uchun ball ayrilmaydi: Imkon qadar barcha savollarga javob bering. Qiyin savolda uzoq to‘xtalib qolmay, keyingisiga o‘ting — so‘ng yana qaytasiz.
🔹 Eng muhimi — O‘ZINGIZGA ISHONING!
Chuqur nafas oling, fikringizni jamlang va bor bilimingizni ishga soling. Siz uddalaysiz! 💪
💬 Savollar uchun: @khiso_admin
🏆 Barchangizga omad, tiniq fikr va yuqori natijalar tilaymiz!
✨ Bugun faxr bilan: «Men uddaladim!» deyishingiz nasib qilsin!