🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 6-kun: Taqdirlash marosimi qanday o‘tdi?
🏆 25-iyul Yozgi maktabning eng hayajonli kunlaridan biri — yilning eng munosib va eng kuchli ishtirokchilarini taqdirlash kuni sifatida tarixda qoldi.
🎓 Taqdirlash marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla Azamov tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar hamda g‘oliblarni shaxsan taqdirladilar.
👏 Ushbu unutilmas loyihaning muvaffaqiyatli tashkil etilishiga munosib hissa qo‘shgan volontyorlar va mentorlar ham tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📹 Taqdirlash marosimining eng yorqin lahzalarini videomiz orqali tomosha qiling! Avvalgi kunlar videolari ham kanalimizda e’lon qilingan.
🌍 Bu yilgi loyihada 🇺🇿 O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shildi.
🎥 Yozgi maktabning boshidan oxirigacha qanday o‘tganini esa yakshanba kuni YouTube kanalimizda e’lon qilinadigan maxsus videoda tomosha qilishingiz mumkin.
✨ Shu tariqa YOZGI MAKTAB – 2026 mavsumi ko‘tarinki kayfiyat, yorqin g‘alabalar va unutilmas xotiralar bilan o‘z yakuniga yetdi.
🚀 Ayni paytda esa yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Siz ham kelgusi yozni ilm, do‘stlik va yangi imkoniyatlarga boy muhitda o‘tkazishni istasangiz, bizga qo‘shiling!
Post #5966
5.02K