☀️ 23-iyul tongi odatdagidek quvnoq badantarbiya va mazali nonushta bilan boshlandi.
⚡️ Yozgi maktabning 4-kunida ishtirokchilar uchun eng muhim sinovlardan biri — “Yil olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiada bir vaqtning o‘zida Arximed xalqaro olimpiadasining mintaqaviy final bosqichi ham hisoblanadi.
🤝 Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar qiziqarli jamoaviy o‘yinlar orqali nafaqat bilim, balki hamjihatlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazishdi.
🎬 Kechki ovqatdan so‘ng esa an’anaviy Movie Time ishtirokchilarga maroqli dam olish va unutilmas taassurotlar ulashdi.
📹 Yozgi maktabning to‘rtinchi kuni qanday o‘tganini videomiz orqali tomosha qiling. Avvalgi kunlar videolari ham kanalimizda e’lon qilingan.
🌍 Bu yilgi loyihada 🇺🇿 O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.
✨ Hali oldinda eng qiziqarli lahzalar! Musobaqalar, mahorat darslari, ekskursiyalar, taqdirlash marosimi va unutilmas xotiralarga boy videolarni kuzatishda davom eting!