🎓 YOZGI MAKTAB – 2026 | 1-kun qanday o‘tgan edi?
🌞 20-iyul kuni erta tongdan ishtirokchilar kutib olinib, markazlashgan holda Yoshlar oromgohiga olib kelindi. O‘quvchilar xonalarga joylashgach, oromgoh muhiti va kun tartibi bilan tanishishdi.
Birinchi kunning o‘ziyoq mazmunli va qiziqarli tadbirlarga boy bo‘ldi:
🧠 Zakovat musobaqasi,
🎬 motivatsion filmlar namoyishi,
⚽️ sport musobaqalari va jamoaviy tanishuv mashg‘ulotlari.
Bu yil loyihada 🇺🇿 O‘zbekiston va 🇹🇯 Tojikistondan 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇪🇬 Misr hamda boshqa davlatlardan o‘quvchilar dasturga masofaviy formatda qo‘shilgan.
📹 Birinchi kun qanday o‘tgani bilan videomiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Bu hali boshlanishi. Oldinda ishtirokchilarni ilm, tajriba, do‘stlik va unutilmas taassurotlarga boy o‘tayotgan Yozgi maktab videolarini ulashib boramiz.
ℹ️ Admin: @khiso_admin
Post #5952
4.81K