O‘zbekistonlik o‘quvchilar Avstraliyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarda yuksak natijalarga erishdi. UniCEP tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan IMEC va JSEO xalqaro olimpiadalari 10-apreldan 16-aprelga qadar Sidney shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichida 60 ga yaqin mamlakatlardan 30.0000 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Final bosqichida esa 20 ga yaqin davlatdan kelgan 500 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar bellashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan o‘quvchilar musobaqada faol qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 4 ta oltin medal, shulardan 3 tasi Absolute Winner 💎
🥈 6 ta kumush medal,
🥉 7 ta bronza medal,
🇺🇿 UzA axborot agentligi rasmiy saytida berilgan maqolaga havola: ➡️ BATAFSIL
