TGViewer
KHISO olimpiada KHISO olimpiada @khiso · 17.6K subscribers
Post #5012 14.5K
Yozgi maktab — 2025 qanday o‘tdi?

2025-yil 29-iyundan 6-iyulgacha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi maktabda 300 ga yaqin iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Ulardan 100 nafarga yaqini qo‘shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurdi. Bu esa yozgi maktabning xalqaro nufuzini yanada oshirdi.

O‘quvchilar kunning birinchi yarmida matematika fanidan xalqaro darajadagi chempion ustozlardan chuqurlashtirilgan mahorat darslarini olishdi. Kunning ikkinchi qismida esa "Yangi O‘zbekiston bog‘i" kabi diqqatga sazovor maskanlarga ekskursiyalar uyushtirildi hamda sport musobaqalari orqali o‘quvchilar o‘zaro do‘stlashish va jamoaviylikni kuchaytirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Bu yilgi yozgi maktab nafaqat bilim, balki do‘stlik, madaniy almashinuv va unutilmas xotiralar makoni bo‘ldi.

Kelasi yildan boshlab esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan ham o‘quvchilar ishtiroki rejalashtirilmoqda, bu esa yozgi maktabni yanada kengroq xalqaro maydonga olib chiqishi kutilmoqda.

🎞 YOZGI MAKTAB haqida toʻliq (deyarli 10 daqiqalik) video bilan youtube kanalimizda tanishing: ➡️ https://youtu.be/rR53sVfeEiE
  • 👍 21
  • ❤ 17
  • 🔥 7
More from @khiso
  1. Oct 9, 2026📚 PREZIDENT MAKTABLARIGA TAYYORGARLIK KO‘RAYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN! 🎯 Farzandingiz yoki…
  2. Oct 9, 2026⚡️ KHISO asoschisi Sardor Bazarbayev — “Iqtidorli tengdoshim” loyihasi mehmoni! 🎙 Milliy…
  3. Oct 9, 2026🇬🇧 Ваш ребёнок изучает английский? Пора показать свои знания на международном уровне! 🏆…
  4. Oct 8, 2026Post #6161
  5. Oct 8, 2026Post #6160
  6. Oct 8, 2026📣Nihoyat 3 - KHISO olimpiadasining yakuniy natijalarini e’lon qilamiz 📆 4-oktabr kuni 1–…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →