📸 #Mohirlik_biznes_soati
💡 Har bir katta biznes ortida bir g‘oya bor!
📑 Qarshi tumanidagi 71-sonli maktabda “Mohirlik va biznes soati” loyihasining 4-mashg‘uloti o‘tkazildi.
🎲 Mavzu: “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari”.
Mashg‘ulotda o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, ularni istiqbolli loyihalarga aylantirish va moliyalashtirish yo‘llari haqida bilim oldilar.
🏠 Amaliy mashg‘ulotning qiziqarli qismi — “Investor va startapchi” o‘yinida esa ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, loyihalarini himoya qilish orqali tadbirkorlik ko‘nikmalarini sinab ko‘rdilar.
➡️ Yoshlar bugun g‘oya yaratadi, ertaga esa o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi!
💟 Bizni kuzatib boring: @KaYoTechuz
Post #1792
72







- 👍 2
- 🔥 1
- 👏 1