TGViewer
Kapitalbank Uzbekistan Kapitalbank Uzbekistan @kapital24 · 25.4K subscribers
Post #2987 2.4K
“Kapitalbank” ATB rahbariyatining Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Surxondaryo aholisi hamda tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti

“Kapitalbank” ATB rahbariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo hududlarida yashovchi aholi hamda tadbirkorlar bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan muammolar, dolzarb masalalar va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

“Kapitalbank” ATB boshqaruvchi direktori Mirzajonov Husan Ravshanovich kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mijozlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tezkor hal etish hamda bank xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iborat.

“Kapitalbank” ATB aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni rivojlantirish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadi.
______

Открытый диалог руководства АКБ «Капиталбанк» с населением и предпринимателями Каракалпакстана, Хорезма и Сурхандарьи

Руководство АКБ «Капиталбанк» провело открытую встречу с жителями и предпринимателями Каракалпакстана, Хорезма и Сурхандарьи.

В ходе встречи были выслушаны обращения физических и юридических лиц, а также всесторонне рассмотрены актуальные вопросы, существующие проблемы и предложения участников.

Управляющий директор АКБ «Капиталбанк» Мирзажонов Хусан Равшанович рассмотрел поступившие обращения и дал соответствующие поручения ответственным сотрудникам по решению поднятых вопросов и выработке практических мер.

Основной целью встречи стало укрепление взаимодействия с клиентами, оперативное рассмотрение волнующих их вопросов и дальнейшее повышение качества банковских услуг.

АКБ «Капиталбанк» уделяет особое внимание развитию открытого диалога с населением и предпринимателями, своевременному рассмотрению обращений и обеспечению высокого качества обслуживания клиентов.
  • 👍 3
  • ❤ 2
More from @kapital24
  1. Oct 16, 2026❤️🏛️ Kapitalbank va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi «Charxpalak» art-loyihasini taqdim etd…
  2. Oct 15, 2026“Kapitalbank” ATB va BMW Uzbekistan’dan maxsus taklif Kapitalbank o‘zini o‘zi band qilgan…
  3. Oct 15, 2026Biznes uchun hisob raqami kerakmi? Kapitalbankning o‘zi sizning oldingizga kelib, bu borad…
  4. Oct 14, 2026Kapitalbank bilan ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish 🏠 Ipoteka kreditingiz bo‘yicha…
  5. Oct 9, 2026Оплачивайте покупки по QR-коду в KAPITALBANK.Online 📲 Теперь для оплаты достаточно открыт…
  6. Oct 9, 2026KAPITALBANK.Online ilovasida xaridlarni QR-kod orqali to‘lang 📲 Endi to‘lovni amalga oshi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →