АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» (НГМК) по итогам I полугодия 2026 года получил чистую прибыль в размере $2,4 млрд, что на 57,2% выше показателя за аналогичный период 2025 года.
📈 Выручка компании увеличилась с $4,7 млрд до $7,1 млрд, а валовая прибыль выросла с $2,9 млрд до $4,7 млрд. На этом фоне операционная прибыль увеличилась с $2,8 млрд до $4,5 млрд.
Рост финансовых результатов сопровождался увеличением стоимости произведённой продукции. В I полугодии НГМК выпустил продукцию на 86,2 трлн сумов против 60,8 трлн сумов годом ранее. Физический объём производства золота, напротив, снизился на 1,9%, до 1 508,8 тыс. унций.
💰 При этом общий объём заимствований НГМК сократился с $2,6 млрд до $2,3 млрд. Долгосрочные заимствования составили $1,7 млрд, а краткосрочные $570 млн.
—
🔥🥇 ”NKMK” I yarim yillikda foydasini 57%ga oshirdi
“Navoiy kon-metallurgiya kompaniyasi” AJ (NKMK) 2026 yil I yarim yillik yakunlariga ko‘ra $2,4 mlrd miqdorida sof foyda oldi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 57,2%ga ko‘pdir.
📈 Kompaniyaning tushumi $4,7 mlrddan $7,1 mlrdgacha, yalpi foydasi esa $2,9 mlrddan $4,7 mlrdgacha oshdi. Operatsion foyda ham $2,8 mlrddan $4,5 mlrdgacha ko‘tarildi.
Moliyaviy natijalardagi o‘sish ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishi bilan ham kuzatildi. I yarim yillikda ”NKMK” 86,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi, bu bir yil avvalgi 60,8 trln so‘mga nisbatan yuqori. Shu bilan birga, oltin ishlab chiqarishning fizik hajmi 1,9%ga kamayib, 1 508,8 ming unsiyani tashkil etdi.
💰 ”NKMK”ning jami kredit va qarzlari esa $2,6 mlrddan $2,3 mlrdgacha qisqardi. Shundan $1,7 mlrd uzoq muddatli, $570 mln esa qisqa muddatli qarzlarni tashkil etdi.
📈 #NGMK #отчет
