За последние два года капитализация рынка ценных бумаг Узбекистана выросла более чем в три раза и превысила $25 млрд.
Об этом 17 сентября сообщил председатель Национальной ассоциации инвестиционных институтов (НАИИ) Анвар Ирчаев на VIII международной конференции Cbonds «Рынок капитала Республики Узбекистан», передает Spot.
📈 По словам Ирчаева, рост рынка сопровождается изменениями в законодательстве, расширением доступа к международным рынкам капитала и увеличением интереса со стороны иностранных инвесторов.
При этом заметно вырос и оборот внебиржевого рынка — за последние два года он увеличился более чем в 40 раз.
💼 Параллельно на рынке появляются новые инструменты, включая исламские ценные бумаги и валютные облигации. Для иностранных инвесторов также упрощается доступ к узбекским ценным бумагам за счёт изменений в работе с номинальными держателями.
Отдельное внимание уделяется развитию связей узбекских брокеров с международными финансовыми институтами. После поездки представителей отрасли в 🇭🇰Гонконг планируются аналогичные визиты в 🇬🇧Лондон и 🇩🇪Франкфурт.
💡 В совокупности эти изменения указывают на постепенное расширение инфраструктуры и инструментов локального рынка капитала, а также на его дальнейшую интеграцию с международными финансовыми рынками.
—
🌱🏛 O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining kapitallashuvi $25 mlrddan oshdi
So‘nggi ikki yil ichida O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorining kapitallashuvi uch baravardan ko‘proqqa oshib, $25 mlrddan yuqori bo‘ldi.
Bu haqda 17-sentabr kuni Kapital bozori bo‘yicha Cbonds’ning VIII xalqaro konferensiyasida Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi (IIMA) raisi Anvar Irchayev ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot.
📈 Irchayevning so‘zlariga ko‘ra, bozorning o‘sishi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, mahalliy emitentlarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hamda xorijiy investorlarning qiziqishi ortishi bilan birga kechmoqda.
Shu bilan birga, birjadan tashqari bozordagi aylanma ham sezilarli darajada oshgan — so‘nggi ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich 40 baravardan ko‘proqqa o‘sdi.
💼 Bozorda yangi moliyaviy instrumentlar ham paydo bo‘lmoqda. Ular qatorida islomiy qimmatli qog‘ozlar va valyutadagi obligatsiyalar bor. Xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlariga kirish imkoniyatlari ham kengaymoqda — nominal egalovchilar bilan ishlash bo‘yicha tartiblarning soddalashtirilishi bunga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston brokerlarining xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Soha vakillarining 🇭🇰Gonkongga tashrifidan so‘ng 🇬🇧London va 🇩🇪Frankfurtga ham shu kabi tashriflarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
💡 Umuman olganda, ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasi va moliyaviy instrumentlarining kengayib borayotganini, shuningdek, mahalliy bozorning xalqaro moliya bozorlariga integratsiyasi kuchayayotganini ko‘rsatadi.
📈 #НАИИ #рынок #Cbonds