17 сентября 2026 года состоялось открытие совместного предприятия UZEX GLOBAL, созданного АО «УзРТСБ» и сингапурской инвестиционной группой Phillip Capital.
💼 Через UZEX GLOBAL узбекские компании впервые получают доступ к международным рынкам деривативов.
🏭 Производители, экспортёры, импортёры и переработчики смогут торговать товарными фьючерсами на такие активы, как медь, пшеница, хлопок, нефть и золото, через крупнейшие мировые биржи, включая CME Group, ICE, LME, JPX и SGX.
Одной из основных задач проекта станет предоставление бизнесу инструментов для хеджирования ценовых рисков. Это позволит компаниям заранее фиксировать цены на отдельные виды сырья и продукции и тем самым лучше управлять финансовыми рисками при изменении ситуации на мировых рынках.
🖥 Торговая инфраструктура UZEX GLOBAL построена на интеграции платформы Phillip Nova с инфраструктурой UZEX. Клиентам также будет доступно локальное операционное и консультационное сопровождение.
—
🔵🏛 O‘zbekiston kompaniyalari xalqaro derivativlar bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi
2026-yil 17-sentabr kuni “O‘zRTXB“ va Singapurning “Phillip Capital“ investitsiya guruhi tomonidan tashkil etilgan “UZEX GLOBAL“ qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
💼 “UZEX GLOBAL“ orqali O‘zbekiston biznesi ilk bor xalqaro derivativlar bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🏭 Ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, importyorlar va qayta ishlovchi korxonalar mis, bug‘doy, paxta, neft va oltin kabi tovarlar bo‘yicha fyuchers shartnomalari bilan “CME Group“, “ICE“, “LME“, “JPX“ va “SGX“ kabi yirik xalqaro birjalarda savdo qilishlari mumkin.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri biznes uchun narx risklarini xedj qilish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Bu kompaniyalarga ayrim xomashyo va mahsulotlar narxini oldindan belgilash hamda jahon bozorlaridagi narx o‘zgarishlari bilan bog‘liq moliyaviy xatarlarni yaxshiroq boshqarish imkonini beradi.
🖥 “UZEX GLOBAL“ savdo infratuzilmasi “Phillip Nova“ platformasining “UZEX“ infratuzilmasi bilan integratsiyasi asosida ishlaydi. Shuningdek, mijozlarga mahalliy operatsion va maslahat xizmatlari ko‘rsatiladi.
📈 #URTS #Global