Дочерняя компания Paynet — FurtherIT — инвестирует 17,2 млрд сумов в GoInvest. На данном этапе FurtherIT приобрела 33,14% доли GOINVEST. В дальнейшем Компания планирует увеличить свою долю в компании до 51%.
💡 Сделка станет частью развития инвестиционного направления Paynet. Партнёрство объединит финтех-инфраструктуру и широкую пользовательскую базу Paynet с технологиями и экспертизой GOINVEST и KAP DEPO на рынке капитала.
Стороны планируют расширять цифровой доступ к рынку капитала, запускать новые инвестиционные продукты и развивать дистанционное брокерское обслуживание.
🌞 Одним из ключевых направлений станет создание для инвесторов Узбекистана законного и удобного доступа к международным рынкам капитала, включая фондовый рынок США. Также планируется возможность пополнения брокерских счетов через электронные кошельки и интеграция инвестиционных сервисов GOINVEST в экосистему Paynet.
Фаррух Ходжаев, CEO KAP DEPO и основатель GOINVEST:
"Для GOINVEST это важный стратегический этап развития. Мы рады, что нашим партнером стала одна из крупнейших финтех-групп страны. Уверен, что объединение наших компетенций позволит значительно ускорить развитие цифрового инвестирования в Узбекистане и сделать фондовый рынок еще более доступным для миллионов граждан."
📌 Сделку сопровождала PwC, обеспечив комплексную юридическую и консалтинговую поддержку сделки.
—
📲📱 “Paynet“ GOINVEST’ning 51% sotib oladi!
Paynet’ning sho‘ba kompaniyasi — “FurtherIT“ — GOINVEST’ga 17,2 mlrd so‘m investitsiya kiritadi. Hozirgi bosqichda FurtherIT GOINVEST’ning 33,14% ulushini sotib oldi. Keyingi bosqichda kompaniya o‘z ulushini 51% gacha oshirishni rejalashtirmoqda.
💡 Ushbu bitim “Paynet“ning investitsiya yo‘nalishini rivojlantirish strategiyasining bir qismiga aylanadi. Hamkorlik Paynet’ning fintex infratuzilmasi va keng foydalanuvchilar bazasini GOINVEST hamda KAP DEPO’ning kapital bozoridagi texnologiyalari va tajribasi bilan birlashtiradi.
Tomonlar kapital bozoriga raqamli kirish imkoniyatlarini kengaytirish, yangi investitsiya mahsulotlarini ishga tushirish va masofaviy brokerlik xizmatlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
🌞 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri — O‘zbekiston investorlari uchun xalqaro kapital bozorlariga, jumladan AQSh fond bozoriga qonuniy va qulay kirish imkoniyatini yaratish. Shuningdek, brokerlik hisobvaraqlarini elektron hamyonlar orqali to‘ldirish hamda GOINVEST investitsiya servislarini Paynet ekotizimiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Farrux Xodjayev, KAP DEPO CEO’si va GOINVEST asoschisi:
“GOINVEST uchun bu rivojlanishning muhim strategik bosqichidir. Mamlakatimizdagi eng yirik fintech guruhlaridan biri bizning hamkorimizga aylanganidan mamnunmiz. Ishonamanki, kompetensiyalarimizni birlashtirish O‘zbekistonda raqamli investitsiyalar rivojini sezilarli darajada tezlashtirish hamda fond bozorini millionlab fuqarolar uchun yanada qulay va ochiq qilish imkonini beradi.”
📌 Bitim bo‘yicha kompleks yuridik hamda konsalting ko‘magini “PwC“ taqdim etdi.
📈 #Сделка #GOINVEST


