-- Ha deb noliysan-ey, yuragim,
Kirib keldi, deb qaro damlar.
Tunlar yaxshi ko'rinar, axir,
Yulduzlardek yorug' odamlar.
Qorong'ulik bir ne'mat asli,
Unda kechar haqiqat jangi.
Quyosh yana ko'kka bo'ylasa,
Bir xillashar hammaning ranggi.
©Xayrulla Hamidov
Post #3265
684
- ❤ 13