🏢 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
🌐Uchrashuv davomida yoshlarga:
🔹 Yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish
🔹 Qoidalarga bo‘ysunmaslikning salbiy va achinarli oqibatlari
🔹 Yo‘llarda xavfsiz harakatlanish va shaxsiy mas’uliyatni his etish borasida muhim tushuntirishlar berildi.
💬 Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil va atroflicha javob olishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosida joylashgan muzey, kutubxona hamda xotira burchagi bilan yaqindan tanishdilar.
👮🏼♂️👉🏼@Jizzax_YPX