🔠🔠🔠🔠🔠🔠 radiosi
KIBERXAVFSIZLIK — RAQAMLI DUNYODA MUHIM HIMOYA
Jizzax viloyati Davlat teleradio muassasasi xodimlari ishtirokida kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda IIB Kiberxavfsizlik boshqarmasi mas’ul xodimi S.Xudoyqulov, Markaziy bank Jizzax viloyati bosh boshqarmasi mutaxassisi Sh.Nurmatov hamda bosh mutaxassis M.Omondaliyev ishtirok etib, internetdagi firibgarliklar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va raqamli xavfsizlik qoidalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga shubhali havolalar va xabarlarga aldanmaslik, bank kartalari hamda shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga oshkor qilmaslik yuzasidan zarur tushunchalar berildi.
Zero, kiberxavfsizlik — bugungi raqamli hayotda har bir insonning shaxsiy mas’uliyatidir.
JIZZAX RADIOSI – SAMIMIYAT TO‘LQINI!
➡️Bizni kuzatib boring👇
✅Telegram 📱Instagram
JONLI EFIR 👉🔴TV⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
JONLI EFIR 👉🔴RADIO ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Post #1998
206



