Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbarligida jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, hududda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari, ularning sabablari hamda oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xavfli yo‘l qismlarini aniqlash, yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va harakat ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish masalalari ham ko‘rib chiqilib, mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube |
Post #77477
1.24K








- 👍 7
- 🔥 1