G‘allaorol tumani ichki ishlar boshqarmasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash va xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77454
1.31K







- 👍 5
- 🔥 1