Paxtakorda talonchilik jinoyatini fosh etishga yordam bergan o‘quvchilar taqdirlandi
Joriy yilning 5 oktyabr kuni Paxtakor tumani G‘alaba mahallasida sodir etilgan talonchilik jinoyatini fosh etishda faollik ko‘rsatgan 9-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchilari Arziqulov Diyorbek va uning sinfdoshi taqdirlandi.
Hodisaga guvoh bo‘lgan o‘quvchilar gumonlanuvchi qochib ketgan yo‘nalish va yashiringan joy haqida ichki ishlar organlari xodimlariga ma’lumot berishdi. Ularning yordami va xodimlarning tezkor harakatlari natijasida gumonlanuvchi hamda uning sheriklari qisqa vaqt ichida qo‘lga olindi.
O‘quvchilarning faolligi va jasorati maktab ma’muriyati ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda e’tirof etildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77366
761