Tadbirkorlar bilan muloqotda amaliy masalalarga eʼtibor qaratildi
Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Navbatdagi shunday tadbir Sh.Rashidov tumanida faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaligida oʻtkazildi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, viloyat prokurori hamda viloyat hokimlili mutasaddilari ishtirok etdi.
Muloqot davomida issiqxonada mahsulot yetishtirish jarayoni, uni sotish va bozorga chiqarish masalalari, shuningdek, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, tadbirkorning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etish joizki, mazkur issixonada zamonaviy usullar asosida pomidor va bodring yetishtirilmoqda. Muloqotda tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va aniqlangan masalalarni hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook
Post #77227
1.39K








- 👍 4
- 👏 1