TGViewer
JIZZAX IIB | Rasmiy kanal JIZZAX IIB | Rasmiy kanal @jiziib · 10.6K subscribers
Post #77174 1.4K
Jizzax viloyati IIB boshligʻi Zomin tumani Duoba mahallasida qad rostlayotgan yangi ichki ishlar boʻlimi binosidagi ishlarni koʻzdan kechirdi. Masʼullar tomonidan obyektning qurilish holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va hududni obodonlashtirish ishlari yuzasidan axborot berildi.
Taʼkidlash joiz, binoda xodimlar uchun qulay xizmat sharoitlari yaratish, fuqarolarni qabul qilish va davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur imkoniyatlarni taʼminlash koʻzda tutilgan. Obyektning foydalanishga topshirilishi Zominda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shu kuni Zomin tumani IIBda yigʻilish oʻtkazilib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibi va aholi osoyishtaligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tashkiliy masala koʻrildi.

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
  • 👍 2
More from @jiziib
  1. Oct 6, 2026Ҳурматли фуқаролар! Вилоятимиз ҳудудида оила-турмуш муносабатлари доирасида содирэтилаётга…
  2. Oct 6, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ij…
  3. Oct 6, 2026“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni ✅ QIDIRUVDAGI SHAXS USHLANDI ✅ JINOYAT ISHI…
  4. Oct 6, 2026Qoʻl jangi huquq-tartibot organlari xodimlarining maxsus jismoniy va jangovar tayyorgarlig…
  5. Oct 6, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi asoschisi Vagi…
  6. Oct 6, 2026Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida jinoyatchilikning oldini…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →