Zomin tumani IIBda Jizzax viloyati IIB boshligʻi rahbarligida shaxsiy tarkib ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, jamoat tartibi va aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xodimlar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, qonuniylik va ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha mutasaddilarning axborotlari eshitildi.
Muhokamalar yakunida kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olinib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi. Shu bilan birga tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77117
1.73K








- 👍 7
- 🔥 1