Do‘stlik tumani IIBda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i ishtirok etdi. Yig‘ilishda xizmat intizomi, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik va qonuniylikka rioya etish, xodimlarning kasbiy mas’uliyatini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Tahlillar jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Rahbar va xodimlarga xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularga manzilli yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Post #77097
1.13K








- 👍 4